Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligidagi Raqobat qo‘mitasi delegatsiyasi joriy yilning 6-noyabr kuni Berlin shahrida Germaniya Iste’molchilar tashkilotlari federal assotsiatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar Germaniyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish borasidagi tajribasi bilan tanishdi.
Shuningdek, Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, yadroviy havfsizlik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal vazirligi mutaxassislari tomonidan raqamli muhitda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning asosiy tamoyillari bo‘yicha ma’ruza bo‘lib o‘tdi.