O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bozorlarida o‘tkazilgan tahlillar yuzasidan ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bozorlarida raqobat muhitini baholash, iste’molchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va ushbu xizmatlar bozoridagi tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida tahlil ishlari olib borildi.
Bugungi kunda mazkur xizmat bozorida 6 ta mobil aloqa korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda, jumladan:
- “O‘zbektelekom” AK;
- “Unitel” MChJ (Beeline);
- “Coscom” MChJ (Ucell);
- “Universal mobile systems” MChJ (UMS);
- “Humans” MChJ;
- “Rubicon wireless communication” MChJ (Perfectum).
Ma’lumot uchun bugungi kunga qadar shaxslar guruhi sifatidagi “O‘zbektelekom” АК, “Rubicon wireless communication” MChJ va “Coscom” MChJlar mobil ma’lumotlar uzatish (mobil Internet) va mobil ovozli xizmatlar bozorlarida hamda “Unitel” MChJ mobil ma’lumotlar uzatish (mobil Internet) xizmati bozorida ustun mavqeyi mavjud edi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, “Unitel” MChJ mobil ovozli xizmatlar bozorida ustun mavqega ega deb e’tirof etildi va mobil ma’lumotlar uzatish (mobil Internet) xizmatlari bo‘yicha bozordagi o‘z ustun mavqeini saqlab qoldi.
Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” AK, “Rubicon wireless communication” MChJ va “Coscom” MChJlar (shaxslar guruhi sifatida) mobil ma’lumotlar uzatish (mobil Internet) va mobil ovozli xizmatlar bozorlarida ustun mavqei bekor qilindi.