“YIL BRENDI 2023” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar ekspert hay’ati va iste’molchilar ovoz berishi natijalariga ko‘ra 25 ta nominatsiya va maxsus sovrinlar bo‘yicha mukofotlandilar.
«Yil brendi» mukofoti – o‘tgan yilda O‘zbekistonda esda qolarli marketing yutuqlariga ega bo‘lgan, iste’mol bozorining barcha tarmoqlariga mansub eng muvaffaqiyatli brendlar uchun har yilgi eng yirik mukofot.