Tashkilotchi: Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
O’tkazilish sanasi: 15-iyul 2023-yil
Loyihalarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 27-iyul (soat 00:00 gacha) 2023-yil
Shart: Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining logotipini yaratish.
Oʻz ijodingiz va kreativ gʻoyalaringiz bilan 5 000 000 so‘m pul mukofotiga ega boʻlishni qoʻldan boy bermang!
Tanlovda barcha yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov shartlari:
– logotipda qo‘mitaning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
– logotip betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
– logotipda juda ko’p mayda detallar bo’lmasligi kerak;
– logotip zamonaviy, oʻziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega boʻlishi lozim.
Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga koʻra:
– har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
– logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki koʻrinishda – PNG va JPG formatda @Jamoatchilik_bilan_aloqalar Telegram manziliga yuborilishi talab etiladi.
Logotip Raqobatni rivojlantirish va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.