Uchrashuv davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida har ikki tomonning ish tarjibalari, asosiy funksiya va vazifalari haqida o‘rtoqlashildi.
Shuningdek, Turkiya savdo vazirligi mutasaddilari tomonidan Turkiya Respublikasining Iste’molchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni, Elektron tijoratni tartibga solish va Chakana savdoni tartibga solish to‘g‘risidagi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, ularning mazmun-moxiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xodimlar tajriba va malakasini oshirish, qonunchilik hujjatlarini o‘rganish va birgalikda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosatini yana-da kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Turkiya Savdo vazirligi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosati sohasida o‘zaro anglashuv hamda hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzolash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.