Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov Buxoro viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o‘tkazdi.
Kogon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Qazoqov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari kommunal soha, korxonalar va tadbirkorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalardagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.
Xususan, Kogon tumani, Tutkunda MFYda istiqomat qiluvchi M.Yandashov elektr energiyasi ta’minoti yetkazib berish uchun (podstansiya qurish) amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha murojaat qildi. Shu bilan birga, fuqarolar S.Mirjonov, A.Xamidov, N.Shirinovalarning murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi.