Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Samarqand viloyatida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazidi.
Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarda yuzaga kelayotgan elektr energiyasi, tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlar, reklama bozoridagi ayrim muommolar, birja savdolari, eksport sohasidagi tushunmovchiliklar, suv ta’minoti bo‘yicha va boshqa bir qator muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.
Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.
Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ul xodimlardan kerakli tavsiyalarni oldilar. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, tegishli tartibda nazoratga olindi.