Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 28-mart kuni Jizzax viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur ochiq davra suhbatida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i I.Mamatqulov va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan birja savdolari, iste’molchilar huquqlarini sud tartibida himoya qilish va sug‘urta yo‘nalishlarida murojaatlar qabul qilindi va qizg‘in savol javoblar bilan bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Jizzax viloyatidagi OAV vakillari va blogerlar, xususan bloger O.Alijanov (Jizzakh media group) sohada jamoatchilik bilan bunday hamkorlikni kuchaytirish va amalga oshirilayotgan ishlarni yetkazib berish maqsadida bunday ochiq muloqotlarni ko‘proq o‘tkazib borish bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuv davomida
fuqaro U.Yangiboyev murojaatiga asosan, “EUROAZIA MOTORS” MCHJ tomonidan 185 million so‘mlik ONIX rusumli yengil avtomobil nosozligi tufayli yangisiga almashtirib berilganini ta’kidlab o‘tib, ijobiy yechim topganligini.
“Jizzax suv ta’minot” MChJning vakili Jizzax viloyat XETK AJ ning Sh.Rashidov tuman bo‘limi tomonidan hisoblab oldindan yechib olingan 3.8 milliard so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlikni noqonuniy deb topib, qaytarilishida yordam beryatgan boshqarmaga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 800 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
O‘rganish ishlari natijasida 6 mlrd so‘mdan ortiq mablag’lar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.