Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i A. Xolmatov va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, hududiy boshqarma boshlig‘i A.Xolmatov va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari R.Turanovlar boshqarmaning 2023-yil yakunlari va 2024-yil I-choragi yuzasidan jamoatchilik vakillariga hisobot berdilar.
Hududiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqaro D. Qalamov “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ tomonidan noto‘g‘ri hisoblangan noreal qarzdorlik bartaraf etilgani va fuqaro M. Abdusalimova foyadsiga “ZAMAN BUILDING” MCHJ tomonidan uy-joy masalasidagi muammolari o‘z vaqtida hal etilganligini jamoatchilik bilan ochiq muloqot davomida takiblab o‘tdilar.
Mazkur ochiq muloqot davomida, “JIDDA FARM” MCHJ rahbari I.Xaydarov va “TOSHLOQ UNIVERSAL TRADE” MCHJ direktori B.Tolibjonovlarning farmasevtika sohasiga doir murojaatlari qabul qilinib ijroga yo’naltirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida jurnalist A.Ziyodovning raqobat sohasida ochiq ma’lumotlar berib borish ko‘lamini kengaytirish, jamoatchillikka taqdim etilayotgan ma’lumotlarni har jihatdan ochiqlab borish borasidagi taklif va tavsiyalari tinglanib amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida. Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2023-yil yakunlari bo‘yicha jami 1500 ga yaqin va 2024-yil I-choragi davomida 400 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
O‘rganish ishlari natijasida, 2023-yilda 10 mlrd so‘mdan ortiq hamda 2024-yil I-choragida esa 1 mlrd so‘mlik pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.