Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida “Jamoam – mening oilam va imkonim” mavzusida xodimlar ishtirokida ish unumdorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi, kasbiy mahoratini yuksaltiruvchi va xodimlarga motivatsiya beruvchi maʼnaviy psixologik trening tashkil etildi.
Unda Qoʻmita va Agentlik hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Treningni Falsafa fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, xalqaro toifadagi spiker, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Shermuhammedova Jamila Toshpoʻlatovna olib bordi.
Jamila Toshpo’latovnaning milliy o‘zlikni anglash, zamonaviy boshqaruv modellari, jamoada birdamlik, shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish usullari kabi bugungi kunning eng dolzarb masalalari haqidagi fikrlarini Qo‘mita xodimlari katta qiziqish bilan tinglashdi.
Kichik guruhlarga bo‘linib, turli mashqlar yordamida jamoaviy ishlashlari orqali xodimlar motivatsiya olib, yana bir bor Qo‘mita bilan birga o‘sish va raqobat muhitini yanada rivojlantirish istaklari mustahkamlanganini ta’kidlashdi.