Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida 10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doimiy monitoring qilib boriladi.
Hozirgi kunda ichki iste’mol bozorlarida aholini asosiy turdagi tovarlar bilan kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozorida mahsulotlarni ishlab chiqarishdan boshlab, yakuniy iste’molchiga sotish jarayonigacha bo‘lgan zanjirni tahlil qilish maqsadida Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘mita xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhlar joylarga chiqqan holda yirik ishlab chiqaruvchilar, ulgurji yetkazib beruvchilar, savdo tarmoqlari va yirik dehqon bozorlarida tadbirkorlar bilan o‘rganishlar o‘tkazib aholi bilan uchrashuvlarni tashkil etmoqda.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, narxlarga ta’sir qiluvchi omillar va mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
Shunigdek, yirik dehqon bozorlari, savdo tarmoqlari va savdo do‘konlarida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini “FAIR PRICE” axborot tizimiga kiritilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bu kabi o‘rganishlar respublika bo‘ylab boshqa hududlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.