Raqobat qo‘mitasi tomonidan “ORIENT-MEBEL” MChJning “MIND ASIA” MChJning 97 foiz ulushlarini olish yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
“ORIENT-MEBEL” MChJ – yog‘och qurilish konstruksiyalari va mebellarni ishlab chiqarish hamda noturar joylarni ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot;
“MIND ASIA” MChJ — qurilish loyihalarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim qurilish loyihalarini sotish bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi.
Shu munosabat bilan, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan mazkur bitimga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.