Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tahlillarga ko‘ra, mazkur tanlov savdolarini o‘tkazishda “TOSHSHAHARTRANSXIZMAT” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi alomatlari aniqlandi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda “TOSHSHAHARTRANSXIZMAT” AJda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Ish belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.