Eng yaxshi amaliyotlar 2022-yil yakuni bo‘yicha.
2022-yilda 2 ta hujjat loyihasi yaʼni:
- Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida raqobat muhiti holatini baholashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-2026-yillarga mo‘ljallangan raqobatni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi.
Ushbu hujjat loyihalari belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Bundan tashqari 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi ishlab chiqildi va unda Qo‘mitaning yangi vazifalari, funksiyalar va strukturasini tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.