Raqobat qo’mitasi hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.
Hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridan biri
Kasbiy faoliyatning turli sohalarida ishlash uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlashga yo’naltirilgan individual maxsus o’quv kurslarini, mehnat bozorida talab qilinadigan, extiyoji yuqori mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturlariga yangiliklar kiritishdan iborat.
Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini samarali joriy etishga bag‘ishlangan o‘quv dasturlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg davlat universitetining malakali professor-o‘qituvchilarini jalb qilish taklifi berildi. Shu bilan birga, tashqi savdo munosabatlarini tartibga solish sohasidagi mutaxassislarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalasi ham ko‘tarildi.