Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish jarayonida ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda.
“Xovos tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasining 08.09.2023-yildagi
159-sonli murojaatida iste’mol qilingan tabiiy gazga 2022-yil iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylari uchun 88 406 367 so‘m, 2023-yil yanvar, aprel, may, iyun oylari uchun 42 450 400 so‘m jami 130 856 767 so‘m asossiz ravishda ko‘p hisoblanganligini ma’lum qilib, asossiz olingan mablag‘ni qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam berish so‘ralgan.
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialidan soʻrov yoʻli bilan olingan ma’lumotlarni o‘rganish natijasida, 2022-yilning iyul-dekabr oylarida “Xovos tumani yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasining iste’mol qilgan tabiiy gaz miqdori
294 688 m/kub tabiiy gaz uchun 88 406 400 so‘m, shuningdek 2023-yilning yanvar-iyul oylari uchun iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun 33 605 400 so‘m jami 122 011 800 so‘m oshiqcha daromad olinganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasiga asosan, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasining 2023-yil 29-sentyabrdagi 32/09-sonli ish boʻyicha qarori va ko‘rsatmasiga asosan, ulgurji iste’molchi foydasiga “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan 122 011 800 so‘m mablagʻ qayta hisob-kitob qilingan.