Toshkent viloyati
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro yo‘llagan murojaatida, “REGALRISE” MChJ bilan uy sotib olish uchun sharnoma tuzilgani, ammo uy o‘z muddatida topshirilmagani uchun shartnomadan voz kechgani va to‘langan boshlang‘ich to’lov 12,5 mln so‘mni qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan.
Samarqand viloyati
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Samarqand hududiy boshqarmasiga fuqaro Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Yarash Fayz” MChJga yangi ko‘p qavatli uy qurilishi uchun 12 mln so‘m boshlang‘ich mablag‘ to‘laganligi, lekin uy qurilishi muddatida boshlanmaganligi sababli to‘langan mablag‘ni qaytarib berishini so‘rab murojaat qilgan.
Qo‘mita mutaxassislari tomonidan mazkur qurilish korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-21-moddalariga muvofiq huquqiy tushintirishlar berildi.
Jumladan, 19-moddada Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.
Agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Shuningdek, 21-moddada esa shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonunchilikka zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo‘llanishi natijasida iste’molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda
-Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, to’langan boshlang’ich to’lov 12,5 mln so‘m fuqaroga qaytarib berilishi ta’minlandi;
-Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hodimlari tomonidan o‘rganish davomida ariza muallifiga jamiyat tomonidan boshlang‘ich to‘lov uchun to‘langan 12 mln so‘m mablag‘ni qaytartirilishi ta’minlandi, murojaatlar ijobiy hal etildi.