JAVOB:
Savdo qoidalari quyidagi holatlarda buzilishi mumkin:
Narxlarni asossiz ravishda oshirish;
tovarlar, mahsulotlarni noto‘g‘ri o‘lchash, noto‘g‘ri tortish yoki xizmatlar ko‘rsatmaslik;
tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish;
xaridorga tovarning, mahsulotning miqdori, vaznini tekshirish imkoniyati yaratishdan bosh tortish;
nosoz yoki tamg‘alanmagan tortish va o‘lchash priborlaridan foydalanish.
To‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga;
ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartibiga va qoidalariga;
nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari
yoki virtual kassalarni qo‘llash tartibiga;
alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini sotish.
Savdo qoidalarini buzganlik quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi va Jinoiy kodekslariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
MANBA: O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori (https://lex.uz/uz/docs/243235#737522)