Bo‘lim vazifa va funksiyalari

 

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida iste’molchilarining (jismoniy shaxslarning) huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilinganligini tahlil qilish hamda taklif va e’tirozlar tayyorlash;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish va ularni bartaraf etish (oldini olish) yuzasidan takliflar tayyorlash;

savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida  iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda Qo‘mita hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bog‘liq reja ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;

iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;

chakana savdo shoxobchalarida xalq iste’mol tovarlari nazorat xaridini va ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda o‘rnatilgan standartlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish;

Bo‘lim reja ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;

huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida vakolatli organlar hisobotlarini olish va tahlil qilish hamda bilan hamkorlikda iste’molchilar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni va oldini olishni amalga oshirish;

savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida iste’molchilar huquqlarining buzilishini, mavjud muammolarni va ushbu masalalarda jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zda tutuvchi takliflar ishlab chiqish;

ijro intizomi monitoringi holati yuzasidan berilgan axborot asosida ijrosi nazoratga olingan hujjatlar bajarilishini o‘rnatilgan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mutassaddi xodimlar bilan birgalikda zaruriy amaliy chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida iste’molchilar muammolarini ulardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida o‘rganadi;

tegishli sohalarda iste’molchilar muammolarini internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan axborotlar, boshqa idoralardan kelib tushgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi;

vazirliklar va idoralar ishtirokida chakana savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, strategik dasturlar, «yo‘l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

tegishli sohalarda iste’molchilar muammolarini internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan axborotlar, boshqa idoralardan kelib tushgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi;

savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Ko‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tahlil qiladi va takliflar kiritadi;

tegishli sohalarda iste’molchilar muammolarini, ularning huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish (oldini olish) yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

tegishli sohalarda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qiladi, iste’molchilar huquq va manfaatlari buzilayotgan masalalarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi;

tegishli sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli o‘rganishlar tashkil qiladi, shu jumladan qoidalar, ommaviy oferta va shartnomalarni qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan tahlil qiladi, natijalarni umumlashtiradi va takliflar tayyorlaydi;

tegishli sohalarda aniqlangan muammolarni, sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud kamchilik va bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

tegishli sohalarda iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

tegishli sohalarda o‘zini-o‘zi tartibga solish tijimini, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda iste’molchilar muammolari bilan ishlash bo‘yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimini yo‘lga qo‘yishni (joriy qilishni) tashkil qiladi;

iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab sudlarga da’vo arizalari kiritish, mutaxassis sifatida sudlarda ishtirok etish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;

tegishli sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik va sohalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘radi, shu jumladan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atish, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan, shuningdek, tegishli chora ko‘rish va huquqiy baho berish uchun vakolatli idoralarga va huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish masalalari bo‘yicha rahbariyatga axborot va takliflar kiritadi;

tegishli sohalarda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, sohani tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirish, shuningdek moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi, mutasaddi vazirlik va idoralar, jamoatchilik, tegishli tartibda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

Boshqarma va Qo‘mitaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalari bilan birga Bo‘lim vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur hujjat va materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Bo‘lim qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.