2024 yil I-choragi davomida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
HISOBOT
O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi
PF-6019-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish belgilangan.
Amalga oshirilgan ishlar.
Bugungi kunga qadar jami 211 ta shundan, 70 ta tabiiy monopoliya subyektlarida, 67 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 35 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 19 ta davlat boshqaruvi organlarida hamda 20 ta davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etildi.
Shundan joriy yilning I choragi davomida jami 15 ta davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tizim to‘liq joriy etildi. Energetika vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyalari, shuningdek «Uzbekistan helicopters» MCHJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ, “Xorazm shakar” MCHJ hamda “Aloqabank” ATBlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, tizim joriy etilgan jami 147 ta davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” taqdim etilib, Qo‘mita tomonidan monitoring olib borildi.
Bundan tashqari, mazkur Farmonga muvofiq Qo‘mitaning 2023-yil
8-avgustdagi 111-ICh-sonli buyrug‘i bilan “Biz sizni eshitamiz!” loyihasi doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarning 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan reja-jadvali tasdiqlandi.
Bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarini barvaqt xabardor qilish, shuningdek, uchrashuvlarda ishtirok etish yuzasidan elektron murojaat yuborish imkoniyatini yaratish maqsadida Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida “Biz sizni eshitamiz” nomli sahifa yaratildi hamda 2023-2024 yillarda o‘tkaziladigan uchrashuvlarning reja-jadvali joylashtirildi.
Reja-jadvaliga muvofiq joriy yilning 14-mart kuni Namangan viloyatida davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan 200 nafarga yaqin byudjet tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganildi va takliflari tinglandi.
Bildirilgan muammolar, taklif va tashabbuslardan kelib chiqib, tadbirkorlar faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Ushbu o‘tkazilgan uchrashuvlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishi ta’minlandi.