Joriy yilning 30-may kuni Raqobat qo‘mitasi huzuridagi jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishda quyidagilarni ko‘rib chiqiladi.
-
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ijtimoiy buyurtma yuzasidan taklifi (xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar, normalar va talablarga rioya etilishini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish) mavzusida muhokama qilish.
-
Toshkent shahar iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish markazining ijtimoiy buyurtma yuzasidan (xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar, normalar va talablarga rioya yetilishini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish) hamda ushbu sohadagi mavjud xato va kamchiliklar kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf yetish masalalarini muhokama qilish,
-
Jamoatchilik kengashi tomonidan 2025 yil I choraklikdagi bajarilgan ishlar hisobotini tinglash.
-
Boshqa masalalar.