“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi. Tanlov natijasida g‘olib korxonalar Qo‘mitaning “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlanadi.
Tanlov “Umumiy ovqatlanish”, “Chakana savdo”, “Onlayn savdo”, “Ishlab chiqarish”, “Moliyaviy xizmatlar” va “Telekommunikatsiya xizmatlari” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlov to‘rt bosqichda bo‘lib o‘tadi:
birinchi bosqich – tanlov ishtirokchilaridan arizalarni qabul qilish (30–yanvardan 15-fevralgacha);
ikkinchi bosqich – tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish (16–fevral);
uchinchi bosqich – quyidagi baholash jarayonlarini o‘tkazish (16–fevraldan 10-martgacha):
iste’molchilarning ovoz berish jarayonlari;
tanlov ishtirokchilariga tegishli rasmiy veb-saytlardagi axborotlarni, iste’molchilar muammolari bilan ishlash holatini o‘rganish;
“Sirli mijoz” sifatida ularning mahsuloti/xizmatiga baho berish;
tanlov ishtirokchilari faoliyatiga doir Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan axborotlar (jamoatchilik fikri) hamda nazorat xaridi natijalarini tahlil qilish;
to‘rtinchi bosqich – ishtirokchilar faoliyatiga oid tahlillar, ovoz berish va o‘rganish natijalari asosida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash (10–martdan 15-martgacha);
beshinchi bosqich – “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” arafasida tanlov g‘oliblarini e’lon qilish va tantanali tarzda mukofotlash marosimini tashkil etish.
G‘oliblar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi (yilini ko‘rsatgan holda) e’tirofiga sazovor bo‘ladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun www.raqobat.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Qoʻshimcha maʼlumot uchun: (71) 207-47-00 (321, 266)
Tanlov shartlari bilan tanishib chiqish