O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz tuman hokimligi buyurtmachiligida o‘tkazilgan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarining O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Termiz tuman Hokimligi tomonidan 2023-yil hamda 2024-yil 1-fevralga qadar jami boshlang‘ich narxi 300 mln so‘m bo‘lgan 9 ta tanlov savdolari o‘tkazilganligi aniqlandi.
O‘rganishlar davomida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasida davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan davlat xaridi shartlarida ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari, ularning nisbiy qiymati, baholash tartib-taomillari doirasida baholash mezonlarini qo‘llash tartibi bo‘lishi kerakligi belgilangan bo‘lsada Termiz tuman Hokimligi tomonidan baholash mezoni (ish tartibi reglament) ishlab chiqilmaganligi aniqlandi.
Mazkur qonunning 36-moddasida barcha tanlov savdolarida ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan, jumladan:
- shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
- o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
- insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
Biroq, tanlov savdolarida Termiz tuman Hokimligi tomonidan mazkur qonunda ko‘rsatib o‘tilgan talablar belgilab e’longa berilmagan hamda ishtirokchi korxonalar tomonidan ushbu hujjatlar taqdim qilinmagan (biriktirilmgan).
Shuningdek, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 59-modda 9-xatboshisida tanlash ishtirokchilari tomonidan korrupsiya ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talab qo‘yilishi belgilangan, biroq Termiz tuman Hokimligi tomonidan barcha tanlov savdolirida korrupsiya ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talblar qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, Termiz tuman Hokimligiga quyosh panellarini sotib olib o‘rnatib berish xizmati uchun ta’minotchi korxonalarni tanlab olish uchun boshlang‘ich narxi 100 000 000 so‘m bo‘lgan tanlov savdosi o‘tkazilgan.
Tanlov obyekti bo‘yicha quyidagi 4 tatalabgorlar (ishtirokchilar) o‘z tijorat takliflarini taqdim etgan:
- “ALL SOLAR ” MCHJ
- “ALTERNATIVE SOLAR ENERGY ” MCHJ
- “SURXON KAMRON UNVERSAL” MCHJ
- “OAZIS” X/K
Buyurtmachining tanlov savdosi 3–talabida soliqlar va yig‘imlardan to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarizdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida QR kodli ma’lumotnoma so‘ralgan va eng yuqori ball 25 balligi belgilangan
Tanlov obyekti bo‘yicha 3 ta talabgorlar (ishtirokchilar) soliqdan qarizdorlik mavjud emasligi to‘g‘risda QR kodli ma’lumotnoma taqdim etgan biroq tanlov savdosi komissiya a’zolari tomonidan har xil ballar bilan noxolis baholanganligi ma’lum bo‘ldi.
Ya’ni, “ALTERNATIVE SOLAR ENERGY” MCHJ hamda “SURXON KAMRON UNVERSAL” MCHJlar tomonidan soliqlar va yig‘imlardan to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarizdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida QR kodli ma’lumotnoma biriktirilgan bo‘lsada ballar komissiya a’zolari tomonidan pasaytirilib baholangan.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida xarid komissiyasining asosiy maqsadi ishtirokchilarning taklifarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda g‘olibni (g‘oliblarni) tanlashdan iboratliligi va 46-moddasida ishtirokchilarni kamsitishga, boshqa ishtirokchilarga zarar yetkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferensiyalar taqdim etish taqiqlanishi belgilangan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi (“savdolar o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish”) talabi buzilganligi alomati ma’lum bo‘ldi.
Mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib sudga taqdim qilindi.