Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha Davlatlararo kengashning 57-yig‘ilishi doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Belarus Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vaziri Aleksey Bogdanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda har ikki tomon mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning uzoq tarixini qayd etib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar. Janob Bogdanov samimiy qabul va umumiy masalalarni muhokama qilishga berilgan imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Belarus Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vazirligi faoliyatining asosiy jihatlari haqida gapirib, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun monopoliyaga qarshi huquqning ahamiyatini ta’kidladi.…









