BENZIN SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi “O‘ZENERGOINSPEKSIYA” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida joylarda AI-92 va AI-95 markali yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Xususan, Samarqand tumanida joylashgan “KUTFI-BOBO” MChJ hamda Toyloq tumanidagi “BOG‘IZAG‘ON ABDUGAFFOR” MChJ ga qarashli…