Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talablari uchun moliyaviy savodxonlikka qaratilgan tadbirlarni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun o‘tkazilgan mazkur mavzudagi o‘quv seminarida Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarma boshlig‘i E.Xaitmetov tomonidan moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bank omonatlari va bank kreditlari, shartnomalar va ularni tuzish tartib-qoidalari haqida Germaniya va O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilik, xorijiy tajribalar va shu kabi ko‘plab tegishli ma’lumotlar berildi. Tadbirda…

ONKOLOGIK KASALLIKLAR DAVOSI BO‘YICHA REKLAMA JOYLASHTIRGAN “MARVA HAYAT” MChJGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda turli xil biologik faol qo‘shimchalar, dori-darmonlar va mahsulotlarning reklamalari joylashtirilmoqda. Xususan, “Marva Hayat” MChJ tomonidan joylashtirilgan reklamalarida onkologik kasalliklarni davolashi va ularni to‘xtatishi hamda 5 mingdan ortiq davo topganlar va 15-yildan buyon iste’mol qilinayotganligi kabi ma’lumotlar ham qayd etilgan. (https://www.youtube.com/@halila_uz) Qo‘mita so‘rovi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bergan…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi yuridik bo‘lim boshlig‘i Sh.Shadmankulov ishtirokida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida “O‘zbekiston Respublikasining raqobat siyosati” nomli taqdimoti hamda talabalarning huquqiy bilimlarini yana-da boyitish maqsadida “Qomusimiz-baxtimiz” mavzusida ma’ruza qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini raqobat siyosatiga bog‘liq asoslari bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga doir savollarga mutaxassisdan javob oldilar.

Raqobat qo‘mitasi savdo tarmoqlari vakillari bilan Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida ichki bozorda iste’mol tovarlarining narxlarini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni ta’minlash yuzasidan respublikamizning 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarni narxlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni barqarorlashtirish choralari bo‘yicha masalalar, shuningdek, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi…

Raqobat qo‘mitasi “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashmoqda

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ekologik sharoitni yaratish orqali aholining salomatlik darajasini yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlagan holda bu borada keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida har bir xodim 4 tupdan daraxtlarni…

“TOShSHAHARTRANSXIZMAT” AJNING TENDYER SAVDOLARI NATIJASI O‘ZARO KELISHUVGA ASOSAN BEKOR QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarga asosan belgilangan tartibda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 2024 yil-undefined 24 sentyabr-undefinedda “Transportni boshqarishning intellektual tizimi uchun texnik jihozlarni sotib olish” bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Ushbu tenderda ishtirok etish uchun 6 ta talabgorlar tomonidan taklif hujjatlari taqdim qilingan va “Xiamen Magnetic North…

QONUN BUZILISH HOLATLARI YUZASIDAN TAKSI XIZMAT KO‘RSATUVCHI KORXONALARGA TEGISHLI KO‘RSATMALAR BERILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uinng hududiy boshqarmalariga fuqarolar tomonidan taksilar orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati pastligi, to‘lovlar va hisob-kitoblar bilan bog‘liq muammolar, haydovchilarining muomalasi,yo‘lovchini manzilga yetkazib qo‘yilmayotgani, asossiz ravishda narxlarni oshirish kabi mavzularda murojaatlar kelib tushgan. Murojatlar viloyat kesimida o‘rganilganda: Toshkent viloyati misolida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi…

Markirovka talablariga javob bermagan antifriz ishlab chiqaruvchilariga tegishli choralar ko‘riladi

Antifriz – texnik suyuqliklarining sifatsiz bo‘lishi ko‘p hollarda avtomobil dvigatellarida isitgich radiatorini ishdan chiqaradi, yonish kameralariga antifrizning oqib ketishiga sabab bo‘ladi va shlanglarda shikastlanishlar paydo bo‘lib, turli nosozlikni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda savdo shoxobchalarida sotilayotgan antifrizlarning sifati talab darajadami? O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 15-noyabr kuni belgilangan rejaga…

Xorazmda German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkiloti tomonidan Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun “Elektron tijorat va onlayn savdoning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning faoliyati va iste’molchilar bilan munosabatlaridagi farqlar, zamonaviy tendensiyalar shuningdek, ushbu sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni samarali tashkil etish yo‘llari” mavzuida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi xodimlari va ekspertlar ishtirok etdi. Seminar davomida Yevropa Ittifoqi va Germaniyada elektron tijorat hamda onlayn savdo amaliyotlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi. Tadbirda elektron tijorat va onlayn bozorlarda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish uchun qabul qilingan qoidalar, xorij amaliyotlari va kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish mexanizmlari bo‘yicha ma’lumotlar…

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Buyuk Britaniyaning “Itransition Holdco Limited” kompaniyasining “Itransition” MChJning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi. “Itransition Holdco Limited” kompaniyalar guruhi bir necha davlatlarda IT axborot tehnologiyalari va kompyuter tizimlari sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilot; “Itransition” MChJ ham axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi. Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan…