Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali (https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7591659447527997/ va https://www.facebook.com/watch/?v=901162778107393) qoldirilgan  “КОРЗИНКА ЖАРАРИК!!! Срок годность прошёл уже месяц, а они без угрызения совести продают. Хотела внуку купить, но вовремя заметила!!! Будьте осторожны!!!”,  “Korzinkadagi ahvol. Activist_uz qayoqqa qarayapti, SES qayoqqa qarayapti, vodakanal qayoqqa qarayapti?” hamda https://twitter.com/Usta__1/status/1725206711487635807 “Korzinkani ulugʻlovchilar bunday holat qanchadan qancha tizimi eskirgan” mavzuida murojaatlar qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish  va…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali https://t.me/NazoratUz/22585 “Bilol’s Motors” avtosaloni shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortayotgani, xodimlar mijozga qo‘pol muomala qilayotgani aytilmoqda” mazmunida murojaat qoldirilgan. Mazkur murojaat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘rganishlar davomida  “Bilol Motors” nomli avtosalonga fuqaro D.T. avtomobil uchun to‘lov qilgani, biroq avtosalon shartnoma shartlarini bajarishdan bosh…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7568253389868603/ ) “Biz “nodir” bo’tqa sotib oldik. Agar do’kon yillar davomida yaroqlilik muddatini tekshirmasa, ular qancha odamni zaharlagan? Balki, Toshkentda qayg‘uradigan amaldorlar bordir?” mavzusida murojaat qoldirilgan. Mazkur murojaat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni bildiradi. O‘rganishlar davomida Ya.T.T. Nurmatov A.D.ga tegishli savdo obyektida mahsulotlar saqlanishi va yaroqlilik muddatiga…

Rasmiy munosabat

  Ijtimoiy tarmoqda (https://t.me/komporuz/8120 ) “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar filialiga ishlab turgan ichimlik suvini o‘lchash moslamasini davlat ko‘rigidan o‘tkazish uchun murojaat qilgandim (89640781). Tekshiruv natijasiga ko‘ra, foydalanishga yaroqsiz ekan. Hisoblagich 2014-yil 11-noyabrda o‘rnatilgan. Bundan chiqdi, aholi har 9 yilga yetmasdan yangi hisoblagich o‘rnatishi kerakmi?», mazmunida  iste’molchining murojaati qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar  huquqlarini himoya…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://t.me/BukharaNewsUz/65193) “Kriti svetafor”dagi Mega  marketda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan tuxum chegirma bilan sotilmoqda. Magazindagi xodimga ma’muriyatga ayting desam, “Necha marta aytilgan, foydasi yo‘q”– deydi. Hurmatli 4 ta odamni boshqarib, o‘zini kimdirman deb o‘ylaydigan chala boshqaruvchilar, shu chegirmadagi mahsulotni oilangizga yediring, kamomad ham bo‘lmaydi.  SES qayerga qarayapsizlar!? Chora ko‘rishingizni so‘rayman!” mazmunida post qoldirilgan.…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.facebook.com/groups/742946235870017/posts/2551516415012981/) qoldirilgan postda umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan iste’molchiga yetkazib berish borasida ko‘rsatilgan xizmatdan noroziligini bildirib “Bugun 11:54 da osh dostavka qildirdim, 13:43 hali ham buyurtma kelmadi, pulini to‘lab qo‘yganman Payme orqali, orada 4 marotaba telefon qildim foydasi bo‘lmadi” mazmunida murojaatini qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi @telegraf_uzb ijtimoiy tarmog‘ida yoritilgan “Davlat raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklifi bilan chiqdi.” – mavzusidagi maqolani ko‘rib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga mos kelmaydigan reklama tarqatganlik uchun jarimaga solish…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 549-son qarori yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 549-son qarori yuzasidan qilinayotgan ayrim talqinlar yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quydagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish…

Ayrim ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarida AI-80 markali benzin bilan bog‘liq tarqatilgan xabarlar bo‘yicha RADDIYA

Ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar (Telegram kanallari)da “O‘zbekistonda AI-80 benzin sotib olishda cheklovlar joriy qilindi, bu AYoQShlarda benzin taqchilligiga sabab bo‘lishi mumkin” sarlavhasi ostida aniqlashtirilmagan axborot tarqatilmoqda. Birja savdolarida, benzinning 80 foizi 1 tn lotlarda qolgan qismida vagon normasida (60 va 55 tn) sotilmoqda va bugungi kunda birja savdolarida AI-80 benzinini sotib olish…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali “SAMARQANDNING SASI … Ro‘yxatda yo‘q, ammo qalban o‘sha yerdami? Yohud Samarqanddagi g‘alati tender haqida” mazmunida post qoldirilgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur murojaat  bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar  yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023-yil 12-oktabrda 23110012306673-sonli lot bilan axlat qutilari (uch qismli) xarid qilish uchun…