18-may – Xalqaro muzeylar kuni

Mazkur sana munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining bir guruh xodimlari ishtirokida “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi. Jumladan, tashrif davomida muzeyda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi shonli tarixi, xalqimizning qahramonligi, front va front ortidagi mardona mehnati haqida majmuadagi eksponatlar orqali tanishishga muyassar bo‘lishdi. Muzeyga bo‘lgan sayohat…

“G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi.

Mazkur sana munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining bir guruh xodimlari ishtirokida “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi. Jumladan, tashrif davomida muzeyda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixi, xalqimizning qahramonligi, front va front ortidagi mardona mehnati haqida majmuadagi eksponatlar orqali tanishishga muyassar bo‘lishdi.

TABIAT VA INSON UYG’UNLIGI

🌳Xabaringiz bor Respublikamizning barcha hududlarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. ☘️ Bu boradagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. 🍀 1-aprel kuni Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oqtosh hududiga 1000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari…

AZIZ VATANDOSHLAR!

Sizni sharqona Yangi yil – Navro’zi Ayyom bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Navròz bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bòlib òtdi. Qòmita ayollari tomonidan milliy liboslarda milliy taomlarimiz tayyorlandi hamda kuy-qòshiqlar ijro etildi. Yasharish, go’zallik va navqironlik fasli – NAVRO’ZI OLAM MUBORAK BO’LSIN!

14 fevral – O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi va iste’dodli sarkarda Zahriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi. Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi  Nurboy Jabborov ishtirok etdi.

MEN DONORMAN!

Inson salomatligi uchun savob ishga bel bog’lash xalqimizning qanchalik bag’rikeng va olijanob ekanligidan dalolat beradi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatida 1-fevral kuni “MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasida Qoʻmita markaziy apparati va Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari koʻngilli tarzda ishtirok etdilar.