“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!”

8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  32 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi va ularda Qo‘mita faoliyati xususiyatidan kelib chiqib Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlari joylashtirildi. Qo‘mita rasmiy veb-saytining alohida bo‘limida “Konstitutsiya sahifasi”…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi markazning bosh ilmiy xodimi “El-Yurt umidi” dasturi stipendianti bo‘ldi

Mirzayeva Muxayyo Dilshod qizi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Markazning bosh ilmiy xodimi, “Davlat va jamiyat boshqaruvi: huquq yo‘nalishi” bo‘yicha “El-Yurt umidi” davlat dasturi stipendianti bo‘lgani haqida mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan “El-Yurt umidi” dasturi chet elda o‘qish va stajirovka o‘tash orqali mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ilg‘or xalqaro…

Yoshlarimizni zamonaviy ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar egallashi, o‘ziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi biz uchun katta faxr bag‘ishlaydi.

Yoshlarimizni zamonaviy ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar egallashi, o‘ziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi biz uchun katta faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini ximoya qilish qo‘mitasiga biriktirilgan mahalladagi og‘ir toifadagi yoshlar bilan tizimli ishlash davom etmoqda. 1-Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish. 2- Qo‘shimcha kasb-hunagar o‘rgatish. 3. Chet tillarni o‘rganishi uchun o‘quv…

Islom Karimov nomidagi teatr konsert saroyida Farg‘ona viloyati hokimi kubogi uchun davlat xizmatchilari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda jami 40 ta jamoa kuch sinashdi. Bo‘lib o‘tgan aql jangi baxslarida viloyat Raqobat boshqarmasining “Raqobat” jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni egallab, tadbir tashkilotchilarining Faxriy yorlig‘i va esdalik mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.

SAMARQAND VILOYATIDA “AYOLLAR BIZNESINI QOʻLLAB-QUVVATLASH” UCHRASHUV-MULOQOTI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 23-may kuni Samarqand viloyati Ishga marhamat monomarkazida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Raqobat qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda hududdagi tashkilotlarning mas’ullari ishtirokidagi…

JOYLARDA «AYOLLAR BIZNESINI QOʻLLAB-QUVVATLASH» UCHRASHUV-MULOQOTLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 22-may kuni Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy boshqarmasi, Raqobat qo‘mitasi hamda hududdagi tashkilotlarning mas’ullari ishtirokidagi ushbu uchrashuv davomida viloyatdagi…

Taraqqiyot strategiyasining 5-ustuvor yo‘nalishi – “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish”

Taraqqiyot strategiyasining 5-ustuvor yo‘nalishi – “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish” yoʻnalishida Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan (71-maqsad). Bugungi yoshlarni malakali, har tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishishida ularga tavsiyalar berish, uchrashuvlar o‘tkazib…

Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Ayollar biznesini qoʻllab-quvvatlash» uchrashuv-muloqoti boʻlib oʻtdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan 17-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi  Bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova boshchiligida oʻtgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Axmedova, Raqobat qoʻmitasi…

Xon atlas

Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda. Xon atlas, adras va beqasam matolardan betakror did bilan tikilgan liboslar latofatli ayollarimiz egnida yanada chiroy ochish bilan birga necha asrlik milliy va ma’naviy an’analarimizni ham yodga soladi. Raqobat qo‘mitasining go‘zal va dilbar ayollari ham har yili “Xon atlas” festivalida faol ishtirok etadilar.