Mazkur qonun amaliyotga taqbiq etilganiga 28 yil to’ldi. O‘tgan davr mobaynida, ushbu normativ-huquqiy hujjat mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy hayotining ajralmas qismiga aylandi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun sotuvchi (ish, xizmat ko‘rsatuvchi, ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib, iste’molchilarning asosiy huquqlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi.
Mazkur Qonunda iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishi Davlat tomonidan kafolatlanishi belgilangan.