Bugun Anhor Lokomotiv bog‘ida ko‘rgazma, ta’lim platformasi va aloqa o‘rnatish tadbirining o‘ziga xos kombinatsiyasi bo‘lgan E-COM BUSINESS FESTning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Festivalni Raqobat qo‘mitasi raisi o’rinbosari A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir doirasida elektron tijorat, logistika va fintex mavzularida panel muhokamalari bo‘lib o‘tadi.
Ikki kun davom etadigan tadbirda soat 12:00 dan 18:00 gacha mutaxassislar marketpleyslarda biznes yuritish mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etadilar.