Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan «Biz sizni eshitamiz» loyihasi doirasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari, importyorlari hamda savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun «Qurilish materiallari sohasi: yangi taklif va tashabbuslar» mavzusida davra suhbati uchrashuvi o‘tkazilmoqda.
Ochiq muloqotda bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish, sohada qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, bugungi kunda sohada kuzatilayotgan va dolzarb bo‘lib turgan muammo hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va ular muhokama qilinmoqda.