O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-sonli Farmoniga shuningdek, 2023-yilning 7-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 279-sonli “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ullari va bir guruh vakolatli davlat organlari ishtirokida Farg‘ona viloyatining qator tumanlarida amaliy seminarlar tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga Dastur bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar, ushbu imkoniyatlarni yaratib berish orqali ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga o‘rgatish va shu yo‘l bilan kambag‘allikni qisqartirishga erishilishi bo‘yicha tushunchalar berildi.