Raqobat qo‘mitasi sug‘urtalash xizmatlarida raqobatni cheklash holatlarini tahlil qiladi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan banklar tomonidan fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan kreditlarni sug‘urtalash xizmatlarida raqobatni cheklash holatlari tahlil qilinadi.
O‘rganishlar davomida fermer xo‘jaliklariga sug‘urta kompaniyasini erkin tanlash imkoniyati yaratilganligi, ortiqcha yoki asossiz to‘lovlar undirilayotganligi, shuningdek, tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida raqobatga qarshi kelishuvlar mavjudligi o‘rganiladi.
Bunda bozorda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sug‘urtalash xizmatlari bozorida raqobatga zid harakatlar alomatlari Qo‘mita tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi va aniqlangan holatlar alohida nazoratga olinadi.








