“Navoiy suv ta’minoti” AJ buyurtmachiligidagi 15,5 mlrd so‘mlik tender savdosida qonunbuzilish holatlari aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik subyektining murojaati asosida “Navoiy suv ta’minoti” AJ buyurtmachiligida o‘tkazilgan, boshlang‘ich narxi 15,5 mlrd so‘mlik tender savdosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida mazkur tender savdosini o‘tkazish jarayonida “Navoiy suv ta’minoti” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilmaganligi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Navoiy suv ta’minoti” AJga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Ishni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.








