Sezar Hidalgo ishtirokida xalqaro onlayn trening boshlandi
Bugun Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan German Sparkassenstiftung bilan hamkorlikda iqtisodiy rivojlanish va eksport raqobatbardoshligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro onlayn trening o‘z ishini boshladi.
Treningni Garvard universitetining Iqtisodiy murakkablik indeksi metodologiyasi hammuallifi, professor Sezar Hidalgo ekspert sifatida olib boradi.
Treningda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar vazirligi, Raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank, Sanoat kooperatsiyasi agentligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi vakillari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda soha mutaxassislaridan iborat 200 dan ortiq qatnashchilar ishtirok yetmoqda.








