IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Uztex Group” MCHJga “Zarofattex” MCHJni qo‘shib olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik olish yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash lozimki, “Uztex Group” MCHJ trikotaj kiyimlar ishlab chiqarish va “Zarofattex” MCHJ tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim bozorda raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.








