Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqaro F. Mamatdjanovning “Rubicon Wireless Communication” MChJning 50 foiz ulushini olish bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berish yuzasidan arizasi ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash lozimki, “Rubicon Wireless Communication” MChJ “Perfectum” savdo belgisi ostida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimning tovar bozorida raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida xulosa qilindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.








