Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori O.Jumayev Tuluza shahri meri o‘rinbosari va Tuluza metropoliyasi vitse-prezidenti Maksim Boyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida raqobat siyosati, ekonometrik modellashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalari, iqtisodiy tadqiqotlar hamda kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlash joizki, mazkur uchrashuv Markaz direktorining Tuluzaga avvalgi tashrifi davomida boshlangan muloqotning mantiqiy davomi bo‘lib, unda tomonlar Tuluza iqtisodiyot maktabi bilan hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Tuluza iqtisodiyot maktabi ekspertlari bilan hamkorlikda raqobat siyosati sohasida qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tuluza Iqtisodiyot maktabi iqtisodiyot va davlat siyosati sohasida dunyo miqyosidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu oliygoh Fransiyaning eng yaxshi universitetlari TOP-3 taligiga kiradi va iqtisodiy fanlar bo‘yicha dunyodagi eng samarali ilmiy markazlar orasida 10 o‘rinni egallaydi.








