Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida bir qator davlat organlari taqdirlandi
Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan «Sifatli davlat boshqaruvi» dasturi doirasida davlat organlari o‘z faoliyatida shaffoflik, qonuniylik, samaradorlik va sifat mezonlarini kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, raqamli transformatsiya hamda davlat xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish, boshqaruv sifati hamda rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati kabi bir necha mezonlarga muvofiq baholandi va uning natijalariga ko‘ra Xalqaro kongress markazida Davlat Rahbari ishtirokidag o‘tkazilgan taqdirlash marosimida quyidagi vazirlik va idoralar e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Eng namunali vazirliklar nominatsiyalarda:
➖ Adliya vazirligi — «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha eng namunali vazirlik (380 ta xizmat to‘liq raqamlashtirilgan).
➖ Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi — resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik (suv sarfi 20% ga qisqartirilgan, mahalliylashtirish — 84%).
➖ Ichki ishlar vazirligi — davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha eng namunali vazirlik (xizmatlarning 95%i raqamlashtirilgan).
Eng namunali rahbarlar nominatsiyalarida:
➖ Halilillo Turaxujayev (Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi) — eng namunali qo‘mita raisi.
➖ Azim Ahmadxo‘jayev (Atom energiyasi agentligi direktori) — eng namunali agentlik direktori.
➖ Olim Omonov (Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari) — eng namunali vazir o‘rinbosari.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev eng namunali qo‘mita raisi sifatidagi bu yuksak e’tirof Raqobat qo‘mitasi jamoasi zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi hamda sohada ochiqlik, samaradorlik va adolat tamoyillarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek xalq ishonadigan, inson qadrini ulug‘laydigan, odamlarning og‘irini yengil qiladigan samarali davlat tizimini yaratish bundan keyin ham Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi hamda o‘z faoliyatida “jarayon uchun” emas, “natija uchun” ishlash tamoyili asosiy mezonga aylanadi va “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” degan tamoyil ta’minlanadi.








