«Burch, jasorat, matonat»
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasini rahbariyati va jamoasi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida joylashgan «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etib, urush va mehnat faxriylarini yodga oldilar.
Bu kun Vatanimiz ravnaqi, tinchligi va ozodligi yo‘lida o‘z burchiga sodiq qolib, jasorat ko‘rsatgan matonatli ajdodlarimiz xotirasini ehtirom bilan yod etish, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun ularning oldidagi burch va mas’uliyatimizni chuqur anglash kunidir.
Bugun biz tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. Bu, avvalo, o‘tgan ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligi samarasidir.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi








