UMRA TADBIRINI TASHKIL ETISHGA OID REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.
Natijada Qo‘mitaning Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shaxar hududiy boshqarmalari tomonidan jami 6 ta (“Nur safar travel”, “Umrachi Rahmatillo”, “saudiya_sayohati”, «Dilshod Umra», «Zoxidov_Ibroximjon», «Aviakassa721») Instagram sahifalari ma’murlari tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Qo‘mita tomonidan reklama axborotlarini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.








