NAVOIYDA MAXSUS KOMISSIYA YIG‘ILISHLAR ZALINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
Joriy yil 16-aprel kuni Raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi binosida Maxsus komissiya yig‘ilishlar zali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tashabbus Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Germaniyaning “German Sparkassenstiftung” tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Tadbirda Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev, Germaniyaning “German Sparkassenstiftung” tashkiloti vakili Liya Grauberger, Qo‘mita va hududiy boshqarma mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarida maxsus komissiyalar tashkil etilgan.








