Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan ustamalarni oshirib qo‘llanish holatlari aniqlandi
Xabaringiz borki, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarlik Soliq organi tizimida aniqlanib, Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
🖥 2025-2026-yillarda Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlarga ketma-ketlikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jumladan,
991 ta dorixonada (152 ta ulgurji va
839 ta chakana) 414 305 ta holatda
8,5 mlrd co‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari, litsenziya talablarini buzilishi bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etildi.
Ma’lumot uchun; 2025-2026-yillarda
🔘»FARM EFFEKT»MChJ
🔘»PHARMA BREND» MChJ
🔘»GIPOFIZ FARM»MChJ
🔘»MAXSUDBEK BIZNES» XQ
🔘»THE GREAT FARM» MChJ
🔘»MEDEX GROUP PHARM»MChJlarning litsenziyalari dori vositalari narxlarini oshirilgani uchun bekor qilingan.
Qo‘mita tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilib, qonunchilik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan dorixonalarga nisbatan chora ko‘rish davom ettirilishi va ularning ro‘yxati ochiq tarzda e’lon qilib borilishini ma’lum qilamiz.








