Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan propan import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonida 2025-yil noyabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik natijasida propan narxlarini oshirib yuborilishi holati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan edi.
Qo‘mita tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirilishiga erishildi.
Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari hamda ishni ko‘rib chiqish jarayonida o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan muhokamalardan kelib chiqib 31 ta
«POYTUG‘ GAZ TO‘LDIRISH KORXONASI» MChJ,
«Taraqqiyot gaz servis» MChJ,
«SHIRIN GAZ SERVIS» MChJ,
«OLTINKO‘L HAMKOR RIVOJ» MChJ,
«OSIYO HAMKOR MAKS» MChJ,
«Inginering Gazavto Servis» MChJ,
“NAMANGAN-ISTIQLOL BOG‘I” MChJ,
«NASAF TAMINOT GAZ PRESS» MChJ,
«FRIDAY-EXSTRA» XK,
«SAIDBEK TURABOV» MChJ,
«PLANETA NEFT GAZ INVEST» MChJ,
«GOLD SAMARKAND OIL» MChJ,
«MAROQAND-ENERGY GAZ OIL» MChJ,
«ASATILLO BOBO GAZ INVEST» MChJ,
«UNIT GROUP SIRDARYA» MChJ,
«GAZONE» MChJ,
«CRITICAL MERCHANT» MChJ,
«NAFTON» MChJ,
«FARG‘ONA GAZ TO‘LDIRISH STANSIYASI» MChJ,
«DAVR GLOBAL SYSTEM» MChJ,
«LUTF GAZ OIL» MChJ,
PRIME ENERGI OIL MChJ,
«OILCHEM» MChJ,
«SH-Z HANDSOME GROUP» MChJ,
«CRUDE OIL» MChJ,
«TARBATNEFT» MChJ,
«INTERNEFT» MChJ,
«GTL GAZ» MChJ,
«WIMBLEDON OIL» MChJ,
«INTER GAS OIL LPG» MChJ,
«ENERGIE-GROUP» MChJ
subyektlar tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi e’tirof etildi.
Shundan, 12 ta subyektlar
«SHIRIN GAZ SERVIS» MChJ,
«NASAF TAMINOT GAZ PRESS» MChJ,
«FRIDAY-EXSTRA» XK,
«MAROQAND-ENERGY GAZ OIL» MChJ,
«ASATILLO BOBO GAZ INVEST» MChJ,
«UNIT GROUP SIRDARYA» MChJ,
«GAZONE» MChJ,
«FARG‘ONA GAZ TO‘LDIRISH STANSIYASI» MChJ,
«OILCHEM» MChJ,
«SH-Z HANDSOME GROUP» MChJ,
» INTERNEFT» MChJ hamda
«GTL GAZ» MChJ
tomonidan birja savdolarida raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirganlik holatlari, qolgan holatlarda birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish, mahsulotni qonunchilikka zid ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganlik harakatlari sodir etganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan 31 ta subyekt tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi e’tirof etilib, qonunbuzilishi davridagi tovar aylanmasiga nisbatan (28,9 mlrd so‘m) miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash hamda asossiz olingan (34.1 mlrd so‘m) pul mablag‘larini Respublika byudjetiga yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot o‘rnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.








