Ekonometrik tahlillarga VAR modeli joriy etildi
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan iqtisodiy tahlil va prognozlash sohasida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, hozirgi vaqtga qadar bozor tahlillari ARIMA modeli asosida narxlar dinamikasi va qisqa muddatli tendensiyalar samarali baholab kelingan bo‘lsa, bugungi kunda Markaz tahlil ishlarini yana-da ilg‘or bo‘lgan — VAR (Vector Autoregression) ekonometrik modeli orqali amalga oshirmoqda.
VAR modeli joriy etilishi natijasida:
⏺bozordagi o‘zgarishlar oldindan aniqroq prognoz qilinadi;
⏺iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi yashirin va ko‘p qirrali bog‘liqliklarni hamda turli iqtisodiy omillar (narx, import, talab va h.k.) o‘rtasidagi real ta’sir zanjirini ochib beradi;
⏺bozorda yuzaga keladigan o‘zgarishlar va shoklarning ta’sirini oldindan baholash imkonini yaratadi;
⏺bir vaqtning o‘zida bir nechta omillarni hisobga olgan holda aniq va ishonchli prognozlar tayyorlashni ta’minlaydi;
⏺davlat organlari va bozor ishtirokchilari uchun asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi;
⏺tahlillarni sodda statistikadan — chuqur ilmiy xulosalar darajasiga olib chiqadi.
✈️ Xulosa qilib aytganda, VAR modeli joriy etilishi iqtisodiy tahlillarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi. Ya’ni, VAR modeli orqali tahlillar faqat holatni qayd etish bilan cheklanmaydi — u iqtisodiy jarayonlarni tushuntirish, prognoz qilish va ularga ta’sir etuvchi omillarni chuqur anglash imkonini beradi. Bu esa tahlillarni oddiy kuzatuvdan — chuqur ilmiy asoslangan prognoz va samarali qarorlar qabul qilish darajasiga olib chiqadi.
✍️ Markaz faoliyati bugungi kunda ma’lumotlar tahlilidan — strategik prognozlash va qaror qabul qilishga xizmat qiluvchi ilmiy platformaga aylanib bormoqda.








