Raqobat qo‘mitasiga onlayn savdo platformalari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatiga oid iste’molchilardan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, har bir holat bo‘yicha qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Murojaatlar yechimi hududlar kesimida:
🟠Andijon viloyati
Hududiy boshqarmaga Ulug‘nor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.A.tomonidan kelib tushgan murojaatda, “ALIF” elektron platforma orqali 84 donalik idishlar to‘plami uchun muddatli to‘lov asosida onlayn shartnoma tuzilgani biroq, buyurtma o‘rniga “drel’” (elektron parma) yetib kelgani bildirilgan.
O‘rganishlar natijasida iste’molchining huquqlari tiklanib, buyurtma berilgan to‘plam yetkazib berilishi ta’minlandi.
🟠Buxoro viloyati
Hududiy boshqarmaga fuqaro H.H.ning “Uzum nasiya” orqali muddatli to‘lovga quvvatlovchi qurilma uchun berilgan buyurtma o‘z muddatida yetkazib berilmayotgani yuzasidan yuborgan shikoyati o‘rganishlarda o‘z tasdig‘ini topdi.
Natijada “Uzum market” MChJ tomonidan kechiktirilgan quvvatlovchi qurilma iste’molchiga yetkazib berilishi ta’minlandi.
🟠Farg‘ona viloyati
Hududiy boshqarmaga Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi R.O.dan murojaat kelib tushgan murojaatda “ENGLIFY” MChJ tomonidan tashkil etilgan onlayn ingliz tili o‘quv kursiga a’zo bo‘lgani, biroq oilaviy sharoiti tufayli kompaniya bilan tuzilgan muddatli to‘lov shartnomasini bekor qilinishi hamda plastik kartasidan ushlab qolingan pul mablag‘larini qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat belgilangan tartibda o‘rganib chiqilishi natijasida “ENGLIFY” MChJ bilan tuzilgan muddatli to‘lov shartnoma bekor qilinib, fuqaro tomonidan to‘langan 2 mln 400 ming so‘m pul mablag‘lari iste’molchiga qaytarib berilishi ta’minlandi.
🟠Namangan viloyati
Hududiy boshqarma Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro T.A.ning “Mobil savdo” do‘konidan “Ishonch” onlayn savdo do‘koni internet ilovasi orqali telefon sotib olgani va tovarida nosozlik ma’lum bo‘lib, uni almashtira olmayotgani borasidagi shikoyatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlarda mazkur xizmat ko‘rsatuvchi savdo xodimlariga mavjud qonun talablari buzilganligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada “Mobil savdo” do‘koni 5 mln 815 ming so‘mga yaqin narxda sotgan telefon apparatini qaytarib olib, fuqaro xohishiga ko‘ra shartnoma bekor qilinishi ta’minlandi.
🟠Navoiy viloyati
Hududiy boshqarma Konimex tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro U.A.ning “Uzum Market” onlayn savdo platformasi orqali xarid qilgan go‘sht tovari vositasi nuqsonli chiqqani sababli muammoga duch kelgani yuzasidan qoldirgan murojaatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlar natijasida “Uzum market” MChJ va fuqaro o‘rtasida go‘sht maydalagich (blender) xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma bekor qilinib, fuqaroga tovar uchun to‘langan 199 ming so‘m mablag‘ qaytarib berilishi ta’minlandi.








