15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
📍 QORAQALPOG‘ISTON RYESPUBLIKASI
Qo‘mita xodimlari tomonidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga iste’molchilar huquqlari va ularning himoyasi, huquqlar buzilgan taqdirda qay tartibda murojaat qilish lozimligi haqida tushunchalar berildi. Uchrashuv qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
📍 ANDIJON VILOYATI
Andijon viloyatidagi Qo‘qon universiteti Andijon filiali (KUAF) hamda Andijon davlat chet tillari institutida Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlarda Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi vakillari, institut rahbariyati va talabalar ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalarga iste’molchilar huquqlari, sifatli va xavfsiz mahsulotlardan foydalanish, ishonchli ma’lumot olish va o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, onlayn xaridlar paytida ehtiyotkorlik choralari, sifatsiz mahsulotga duch kelganda murojaat qilish tartibi ham tushuntirildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
📍 BUXORO VILOYATI
Buxoro viloyatida Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro innovasion tibbiyot instituti, Buxoro xalqaro universiteti hamda Buxoro davlat texnika universitetida Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar va uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbirlarda talabalarga iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, moliyaviy xatarlarni aniqlash, firibgarlikdan himoyalanish, elektron savdo platformalari orqali xarid qilishda savdo qoidalariga rioya etish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi va “School of Genius” xususiy maktabida ham “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida seminarlar o‘tkazildi.
📍 SIRDARYo VILOYATI
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Guliston tibbiyot texnikumi talabalari uchun 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarga iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, huquqlar buzilgan taqdirda murojaat qilish tartibi haqida tushunchalar berildi. Uchrashuv qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek, viloyatdagi ta’lim muassasalarida bunday targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
📍 SURXONDARYo VILOYATI
Surxondaryo viloyatidagi targ‘ibot tadbirlari doirasida Termiz tibbiyot akademiyasida “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida yoshlarga moliyaviy xizmatlar sohasida iste’molchi huquqlari, moliyaviy xatarlarni aniqlash, shaxsiy moliyaviy masalalarni to‘g‘ri yuritish va firibgarlikdan himoyalanish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida talabalarning savollariga huquqiy maslahatlar berildi.
Barcha fuqarolarni iste’molchilik madaniyatini oshirishga va o‘z huquqlarini bilishga chorlaymiz!








