🟢 Ayni paytda Raqobat qo‘mitasi tomonidan 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiya “RENESSANS” kino uyida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir hamkori – German Sparkassentiftung for International Cooperation.
Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Davlatov ochib berdi. U o‘z nutqida iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, bozorlarda adolatli va shaffof munosabatlarni ta’minlash, shuningdek aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
🔘Tadbir doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi o‘rtasida huquqiy va moliyaviy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek adolatli va barqaror iste’mol muhitini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilinmoqda.








