Raqobat qo‘mitasi tomonidan fuqarolardan ta’lim, savdo va chiqindilarni tashib ketish xizmatlar borasida tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, iste’molchilarning huquqlari himoya qilinmoqda.
Hududlar kesimida misollar
🔘Andijon viloyati
Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro S.M. “WEGROV INVEST” MChJ o‘quv markazi bilan tuzilgan o‘quv kursi bo‘yicha shartnomani bekor qilish hamda shartnomaga asosan to‘langan 4 mln so‘m pul mablag‘ini qaytarish masalasida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, shartnoma bekor qilinib iste’molchiga mablag‘ to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Buxoro viloyati
Fuqaro Sh.O. “MAXSUSAVTOXO‘JALIK” MChJ tomonidan ko‘rsatilmagan xizmati uchun asossiz ravishda 500 ming so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan iste’molchiga asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob (chegirilishi) qilinishi ta’minlandi.
🔘Farg‘ona viloyati
Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro «Uzum Market» ilovasi orqali planshet qurilmasini muddatli to‘lov asosida xarid qilgan. Biroq xarid qilingan planshet 3 oy o‘tmasdan texnik nosozlik sababli ishdan chiqqan ushbu holat norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan 844 000 so‘m pul mablag‘i fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Namangan viloyati
Fuqaro Q.N chiqindi tashish xizmati “Toza hudud” DM tomonidan ko‘rsatilmagan xizmati uchun qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, amalga oshirgan to‘lovlarini qaytarib olinishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan 1,1 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘i fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Samarqand viloyati
Fuqaro M.T Samarqand shahrida joylashgan “Texnomart” savdo do‘konidan sotib olgan dazmoli ishlamaganligi sababli, dazmol pulini qaytarib yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan 1 mln so‘mga yaqin pul mablag‘i fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Sirdaryo viloyati
Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.Z. ijtimoiy tarmoq orqali “Hadya nur” brendi ostida dori vositasini xarid qilganini, biroq mazkur mahsulot iste’molchi sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qilib, mahsulot uchun to‘langan mablag‘ni qaytarish masalasida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, xizmat fuqaroning mahsulot uchun to‘langan 1 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lari qaytarib berilishi ta’minlanib, iste’molchining buzilgan huquqlari tiklandi.








